11 oyda 2,9 mlrd dollarlik toʼqimachilik mahsulotlari eksport qilingan

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi maʼlumotlariga koʼra, 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida respublikamizdan hajmi jami 2,9 mlrd АQSh dollariga teng boʼlgan toʼqimachilik mahsulotlari eksport qilingan.
Toʼqimachilik mahsulotlari eksporti hajmi 2021-yilning mos davriga nisbatan 250,5 mln АQSh dollariga oshgan.
2022-yilning 11 oyida Oʼzbekiston eng koʼp toʼqimachilik mahsulotlarini eksport qilgan davlatlar:
Rossiya – 1,2 mlrd;
Turkiya – 482 mln;
Qirgʼiz R. – 458 mln;
Xitoy – 253 mln;
Eron – 75 mln;
Polsha – 73,2 mln;
Qozogʼiston – 55,3 mln;
Tojikiston – 54,5 mln;
Belarus – 39,2 mln;
Italiya – 36,9 mln АQSh dollari.






