11 ta xorijiy davlatdan qiymati 13,8 mln AQSH dollariga teng elektromobil import qilingan

Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlariga ko’ra, 2021 – yilning yanvar – noyabr oylarida O’zbekistonga 11 ta xorijiy davlatdan qiymati 13,8 mln AQSH dollariga teng bo’lgan 689 ta elektromobil import qilingan.

Elektromobil importi o’tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 592 taga (7 baravardan) oshgan.

2021 – yilning 11 oyida O’zbekistonga quyidagi 11 davlat elektromobil importini amalga oshirgan.

Xitoy – 608 ta
Turkiya – 24 ta
AQSH – 20 ta
Litva – 13 ta
Germaniya – 11 ta
Koreya – 5 ta
Ispaniya – 2 ta
Rossiya – 2 ta
Ukraina – 2 ta
Gongkong – 1 ta
BAA – 1 ta