13 ming namozxonni sig‘dira oladigan “Islomobod” jome masjidining yangi binosi ochildi

Poytaxtimizning Olmazor tumanida “Islomobod” jome masjidining yangi binosi ochildi. Tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Хoliqnazrov, imom-xatiblar, ulamolar va keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Sag‘bon ko‘chasidagi mazkur uch qavatli jome masjidi homiylar va saxovotpesha insonlar ko‘magida bunyod etildi.

Masjid xonaqohida 8 ming kishi, hovlisi va yon-atrofidagi joylar bilan birga 13 ming namozxonni sig‘dira oladi.