14 ta tajriba maktablari tanlab olindi

Yangi avlod darsliklari boʼyicha respublikamiz boʼylab 14 ta tajriba maktablari tanlab olindi. Yangi oʼquv yilidan boshlab ushbu maktablarda yangi darsliklar boʼyicha taʼlimni olib borish rejalashtirilgan.

Ularning oʼqituvchilari seminar-treninglarda qatnashib, oʼqitishning yangi metodikalarini oʼzlashtirdilar.

Mazkur maktablar misolida mamaklatimizdagi barcha oʼrta umumtaʼlim oʼquv muassasalar uchun texnik va infratuzilma standartlari ishlab chiqiladi.