18-noyabr – Oʼzbekiston Respublikasi davlat bayrogʼi qabul qilingan kun!

Davlat Ramzlaridan biri sanalgan, tabiatdan andoza olib ishlangan Vatanimiz bayrog‘i 1991-yil 18-noyabr kuni O’zbekiston Respublikasi oliy Kengashining sessiyasida, “O’zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog‘i to’g’risida”gi qonuni bilan qabul qilingan.
“Bright Uzbekistan” xalqaro loyihasi Aziz yurtdoshlarimizni ushbu sana bilan muborakbod etib, Vatanimiz mustaqilligi va osoyishtaligi abadiy, yutuqlarimiz esa davomiy bo’lishini tilaydi!
Davlat bayrogʻi toʻrt moviy, oq, yashil va qizil ranglardan iborat.
Bayroqning eng yuqori qismi havorang bilan qoplangan bu esa yurt osmoni doimo tinch, osoyishda va mussaffo boʻlishini bildiradi;
Oq rang esa bayroqning oʻrta qismida joylashgan bo'lib, uning ma'nosi ko'ngil pokligi yurt obodligi nishonasidir;
Bayroqning quyi qismida yashil rang hilpirab turadi bu yangilanish, shodumonlik, navqironlik ramzi hisoblanadi;
Ikki qizil chiziq havorang va yashil ranglar oʻrtasida joylashgan boʻlib bu tomirlarimizda oqayotgan ajdodlar qonini bildradi;
Bayroqning yuqori qismidagi yarim oy va oʻn ikki yulduz Oʻzbek xalqining birdamliligi va qadimdan barpo boʻlgan davlatchiligi ramzlaridan sanaladi.






