19 ta aviareys bilan 4 359 nafar O’zbekiston fuqarosi Ukrainadan qaytarildi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakilining axborotiga ko’ra, 2022-yilning 6-7 mart kunlari Ukrainadan Polshaning Katovitse aeroporti orqali 674 nafar O‘zbekiston fuqarosi olib kelindi.
28-fevraldan 7-martga qadar 19 ta aviareys tashkillashtirildi hamda urush bo‘layotgan joylardan 4 359 nafar vatandoshimiz qaytarildi.
7-mart kuni yana bitta reysni amalga oshirish rejalashtirilgan.
Polsha hududida mamlakatimizning 350 dan ortiq fuqarosi qolmoqda. Ulardan 80 nafari Polsha davlat chegarasidagi to‘planish nuqtasiga, qariyb 270 nafari esa Katovitse aeroportiga joylashtirilgan.






