2 oyda O'zbekistonga nechta smartfon import qilingani ma'lum bo'ldi

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2023 yilning yanvar-fevral oylarida xorijdan qiymati 24,2 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 416,1 mingta barcha turdagi mobil telefonlar (smartfonlar va boshqa simsiz mobil telefonlar) import qilingan.

O‘zbekiston 2 oyda barcha turdagi mobil telefonlarni eng ko‘p import qilgan davlatlar:

— Xitoy – 374,4 mingta

— Vetnam – 33 mingta

— Hindiston – 8 mingta

— Koreya – 181 ta

— Turkiya – 173 ta

— Gonkong – 150 ta