2 yil davomida 120 ming gektardan ziyod yer talon-taroj bo‘lgan yoki hokimlar tomonidan maqsadsiz berib yuborilgan

9 iyun kuni AOKA da yer sohasidagi yangi tartiblar belgilanishi mavzusidagi matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Unda Adliya vaziri, Bosh prokuror o‘rinbosari, Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi rahbariyati so'zga chiqdilar.

«2 yilda prokurorlarimiz tomonidan 7500 dan ortiq yerga oid qarorlarni bekor qilishga oid protest kiritilgan. Ma’muriy sudlar tomonidan yerga oid tuman hokimlarining 2500 dan ortiq qarori bekor qilingan. Yerga oid qonunchilik bo‘yicha 588 nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda» - deya Bosh prokuror o‘rinbosari Shavkatjon Rahimov ma’lum qildi.

Shu o'rinda, Adliya vaziri Ruslanbek Davletov,- «Uyi snosga tushganlar, harbiylar va boshqa imtiyozli, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga yer emas, pul beriladi. Ya’ni imtiyozlar monetizatsiya qilinadi, davlat subsidiya beradi» deb habar berdi.

Ushbu qonunbuzarliklarni oldini olish maqsadida Prezidentimiz qabul qilgan farmondan quyidagi natijalar kutilmoqda:

– yerlarni talon-taroj qilish, o‘zboshimchalik bilan egallash, noqonuniy sotish keskin kamayadi;
– yerlar barcha uchun bir xil va shaffof tartibda ajratiladi;
– yer bozor aktiviga aylanadi va moliyaviy oborotga kiradi;
– yer ajratish tartibi yagona hujjat – Yer kodeksida belgilanadi;
– yer sohasida davlat va jamoatchilik nazoratining samaradorligi ortadi.