«2 yil oldingi loyiha taqdimotingiz kechagidek esimda» - Adkham Ikramov

Yoshlar siyosati va sport vaziri Adkham Ikramov bilan uchrashuvda vazir ikki yil oldin loyiha asoschisi Davron Abdullaev bilan bo'lgan uchrashuvni, va loyiha taqdimotini esga olib, bugungi kungacha erishilgan natijalar albatta vatanga bo'lgan muhabbat, loyiha a'zolarining tinimsiz izlanish va mexnati natijasi ekanligini ta'kidladi.

"Bright Uzbekistan" jurnalining yangi soni o'z o'quvchilariga taqdim etilmoqda va navbatdagi nusxa Yoshlar siyosati va sport vaziri Adkham Ikramovga topshirildi. "Jurnalning ushbu sonida O'zbekiston va Turkiya munosabatlari rivojida amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalar va ikki mamlakatlar o'rtasidagi aloqalar yanada mustahkamlanib borayotgani keng yoritilib berilgani yaqqol namoyon bo'lib turibti" - deya qayd etdi Vazir.

Uchrashuv davomida Adkham Ikramov Prezidentimiz tashabbuslari bilan yurtimizda OAVlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, ochiqlik siyosati haqida, qolaversa Yurtboshimiz 6 yil ichida qo'shni davlatlar va qardosh mamlakatlar bilan munosabatlarni mustahkamlaganlari, shu o'rinda Turkiya Respublikasi bilan ham muntazam hamkorlikni yo'lga qo'yishga erishilganliklari haqida so'zladi.

Ma'lumot o'rnida, jurnalning ikkinchi sonida Adkham Ikramov rektorlik qiladigan Turkiya TOBB ETU universitetining Toshkentdagi filiali haqida maqola chop etilgan. Unda Adkham Ikramov va TOBB ETU vasiylik kengashi raisi, Turkiya savdo palatalari va savdo birjalari raisi Rifat Hisarchikliog'lu hamkorligida tashkil etilgan universitet filialining tarixi, hozirgi kundagi erishgan natijalari haqida so'z borgan.

Muloqot so'nggida Adkham Ikramov loyihaga kelgusi qadamlarida omad tiladilar.