200 mingta galaktikadan iborat koinotning interaktiv xaritasi

Ma’lumotlarga ko’ra, Jons Hopkins universiteti astronomlari koinotning bir qismini ko‘rish imkonini beruvchi yangi interaktiv xaritani kashf etdilar. Xarita 200 mingta galaktikaning haqiqiy joylashuvi va ranglarini o‘z ichiga oladi, ularning har birida milliardlab yulduzlar hamda sayyoralar mavjud.
Qayd etilishicha, mualliflar Sloan Digital Sky Survey teleskopi orqali so‘nggi yigirma yil ichida olingan ma’lumotlardan foydalanishgan. Loyihaning asosiy g‘oyasi esa jamoatchilikka olamning bir qismi bilan bepul tanishish imkoniyatini berishdan iborat.
Xaritaning eng pastki qismida Quyosh tizimi joylashgan Somon yo‘lini topish mumkin, yuqori qismida esa koinotning kuzatish mumkin bo‘lgan chegarasi joylashgan.
Shuningdek, ushbu xaritada 1,6 milliard yil oldin shakllangan elliptik galaktikalarni, aslida kvazar bo‘lgan ulkan qora tuynuklarni ham tomosha qilish mumkin.






