2000ta zamonaviy avtobus harakati yo'lga qo'yiladi

Navro'z bayramigacha 2000ta zamonaviy avtobus jamoat transportlari yo'nalishi bo'ylab harakatlanishni boshlaydi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatnomasida ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, Toshkent shahri uchun qo‘shimcha 1 mingta zamonaviy avtobus sotib olinadi, 7 ta yer usti metro bekati ishga tushiriladi.
Hududlarda ham yo‘lovchi tashish sifatini yaxshilash maqsadida yana 1 mingta avtobus harakati yo‘lga qo‘yiladi.






