2021-yilda 1 ming 153 nafar ayolga yuqori texnologik tibbiy operatsiyalar bepul oʼtkazildi

Prezident raisligidagi videoselektor yigʼilishi bo’lib o’tmoqda. Yig’ilishda o’tgan yilda xotin-qizlarni qoʼllab-quvvatlash tizimida amalga oshirilgan islohotlar haqida so’z yuririldi.
Prezident bu borada qilingan ishlar haqida bir nechta raqamlarni keltirdi. Jumladan:
2021-yilda ayollar tadbirkorligi dasturlari doirasida 200 mingdan ziyod loyihalarga 2 trillion soʼm kredit va subsidiyalar ajratilib, 320 ming xotin-qizlar doimiy ish oʼrinlariga ega boʼldi;
2021-yilda 190 ming nafar ayollar kasb-hunarga oʼqitildi;
2020-yilda yoʼlga qoʼyilgan “Аyollar daftari” tizimi doirasida 900 mingga yaqin xotin-qizlarga ijtimoiy-iqtisodiy, tibbiy, huquqiy va psixologik koʼmak berildi;
2021-yilning oʼzida 4 mingdan ziyod xotin-qizlarga uy-joy toʼlovining boshlangʼich badaliga mablagʼ ajratildi;
2 ming nafar qiz alohida grant asosida oliygohlarga qabul qilindi, yana 1 ming 800 nafariga kontraktlari toʼlab berildi. Natijada 2021 yilda oliygohlarga kirgan talabalarning 60 foizini xotin-qizlar tashkil etdi (2016 yilda bu koʼrsatkich 38 foiz boʼlgan).
2021-yilda 1 ming 153 nafar ayolga yuqori texnologik tibbiy operatsiyalar bepul oʼtkazildi.






