2021-yilda 236 667 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan

Davlat statistika qoʼmitasi maʼlumotlariga koʼra, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2021-yilda 236 667 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan.
2021-yilda ishlab chiqarilgan avtomobillar:
Cobalt - 71 082 dona
Lacetti-Gentra - 51 061 dona
Nexia T-250 - 31 466 dona
Damas - 55 068 dona
Labo - 17 308 dona
Spark - 9 915 dona.
2021-yilda 809 ta elektromobil import qilingan, shuningdek, yengil avtomobil eksporti 10 401 taga oshgan.






