2021-yilda 24 turdagi qalbaki, 400 turdagi sifatsiz dori va tibbiyot buyumlari savdosi aniqlangan

Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida aholini farmatsevtika mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlash, yangi turdagi dori vositalarini ishlab chiqarishni oʼzlashtirish chora-tadbirlari yuzasidan yigʼilish bo’lib o’tmoqda.

Prezident topshirigʼiga koʼra barcha farmatsevtika korxonalari bilan uchrashuvlar oʼtkazildi. Ular tomonidan 50 ga yaqin muammo koʼtarildi. Misol uchun:

tibbiyot muassasalari tomonidan davlat xaridlarida dori vositalarini “savdo nomi” bilan joylashtirish, bir necha dorilarni bitta lotga qoʼyish holatlari mavjud;

mahalliy ishlab chiqaruvchilar amaliyotda 15 foizlik narx preferentsiyasidan foydalana olmayapti;

tashqi omillar hisobiga 150 turdagi aholi uchun kerakli dori vositalarida uzilish boʼlishi xavfi mavjud;

korxonalar bilan mahsulotini 3 yil davomida kafolatli sotib olish (ofteyk) tizimini joriy qilish boʼyicha amaliy ishlar boshlanmadi.

Bundan tashqari, ichki bozorda qalbaki va kontrafakt dorilar sotilishiga haligacha barham berilgani yoʼq.

Misol uchun, 2021-yilda 24 turdagi qalbaki, 400 turdagi sifatsiz, 1,5 mingdan ziyod nomdagi kontrafakt va 2,5 ming nomdagi roʼyxatdan oʼtmagan dori va tibbiyot buyumlari savdosi aniqlangan.

Bosh prokuraturaga bu boradagi nazoratni kuchaytirishi zarurligi koʼrsatib oʼtildi.