2021-yilning eng ommabop 20 ta smartfoni

Umumiy 20 ta smartfondan 9 tasi Galaxy A va S seriyalariga to‘gri keladi.
Galaxy S21 Ultra yilning eng ommabop smartfoni sifatida reytingning birinchi pog‘onasidan o‘rin oldi. Shuningdek, reytingda Galaxy smartfonlaridan S21 va S21+ hamda A72, A52, A32 qurilamaning 4G va 5G versiylarini uchratish mumkin.
Xiaomi kompaniyasining 8 ta smartfoni reytingga kirishga muvaffaq bo‘ldi. Redmi Note 10 Pro qurilmasi yil davomida muxlislar e’tiborini o‘ziga torta oldi. Shuningdek, reytingda Poco X3 Pro, Poco F3, Mi 11 Ultra, Mi 11 Lite, Redmi Note 10, Redmi 9T va Redmi Note 10S qurilmalarini ko‘rish mumkin.
OnePlus 9 Pro va OnePlus Nord 2 5G smartfonlari ham yil davomida o‘z ommaboplik xususiyatini yo‘qodmadi.
iPhone 13 Pro Max esa yilning eng ommabop smartfonlari ro‘yxatiga kirgan Apple'ning yagona smartfoni bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu reyting GSMArena'ning yillik hisob-kitoblariga ko‘ra tuzib chiqilgan.






