2021/2022 o‘quv yili yakunida 5-8 va 10-sinflarning bosqichli imtihonlari o‘tkazilmaydi

O‘zbekistondagi maktablarda 2021/2022 o‘quv yili yakunida 5-6-7-8 hamda 10-sinflarning bosqichli imtihonlari o‘tkazilmaydi.

Shuningdek, O‘zbekistondagi maktablarda 9 va 11-sinf o‘quvchilari uchun yakuniy imtihonlar 26-maydan 15-iyunga qadar o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi.

Ta'kidlanishicha, 9-sinf bitiruvchilari ona tili va adabiyot, o‘zbek tili/rus tili, matematika, tarix, jismoniy tarbiya va qo‘shimcha ravishda o‘quvchilarning tanlovi asosida belgilangan fan bo‘yicha, 11-sinf bitiruvchilari esa ona tili va adabiyot, matematika, chet tili, tarix va qo‘shimcha ravishda o‘quvchilarning tanlovi asosida belgilangan fan bo‘yicha yakuniy nazorat imtihonlarini topshiradilar.

Bunda tanlov har bir o‘quvchining ixtiyoriga ko‘ra 9-, 11-sinfda o‘qitilgan fanlar doirasida tanlanadi va yakuniy davlat imtihoni o‘tkazilishidan bir oy oldin o‘quvchining arizasiga asosan amalga oshiriladi.