«2022 Asian Triathlon Cup Samarkand» bahslari yakunlandi

Samarqand eshkak eshish kanalida triatlon boʼyicha oʼtkazilgan “2022 Asian Triathlon Cup Samarkand” bahslari yakunlandi. 30 davlatdan kelgan 70 nafar professional sportchi triatlonning klassik yoʼnalishi - ochiq havzada 1,5 kilometrga suzish, 40 kilometrga velopoyga va 10 kilometrga yugurish bahslarida bellashdi.

Musobaqaning ayollar oʼrtasidagi bahsida Jahon triatlon federatsiyasi bayrogʼi ostida qatnashgan Tous Xeska gʼolib boʼldi. Xitoylik Xen Yu Lin ikkinchi va Vengriya vakilasi Naumi Sarszegi uchinchi oʼringa sazovor boʼldi.

Erkaklar oʼrtasidagi bahsda esa ispaniyalik sportchi David Kontero Del Kampo birinchi oʼrinni egalladi. Ikkinchi oʼrinni Ruminiya sportchisi Feliks Duchampt, uchinchi oʼrinni esa Lyuksemburg vakili Grigor Payet qoʼlga kiritdi.