2022-yilda O’zbekiston bo’yicha qancha aviaparvoz amalga oshirilgan?

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʼra, 2022-yil davomida Oʼzbekiston Respublikasi boʼyicha mahalliy yoʼnalishlarda jami 6345 ta aviaparvozlar amalga oshirilgan.

Qayd etilishicha, 2022-yilda bir kunda mahalliy yoʼnalishlarda oʼrtacha 17 ta aviaparvozlar kuzatilgan.

Shuningdek, o’tgan yil davomida Oʼzbekistonda havo transporti orqali joʼnatilgan yuklar hajmi 10,1 ming tonnani tashkil etgan.