2022-yilda qaysi hududning tashqi savdo aylanmasi yuqori boʼldi?

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʼra, 2022-yilda hududlar kesimida tashqi savdo aylanmasi hajmi Toshkent shahrida 19,5 mlrd АQSh dollarini, Toshkent viloyatida 5,6 mlrd АQSh dollarini tashkil etgan.

(qiymatlar AQSH dollarida)
— Qoraqalpogʼiston R. — 612 mln;
— Аndijon viloyati — 4,3 mlrd;
— Buxoro viloyati — 1,2 mlrd;
— Jizzax viloyati — 688 mln;
— Qashqadaryo viloyati — 548 mln;
— Navoiy viloyati — 1,2 mlrd;
— Namangan viloyati — 1,3 mlrd;
— Samarqand viloyati — 2,4 mlrd;
— Surxondaryo viloyati — 373 mln;
— Sirdaryo viloyati — 814 mln;
— Fargʼona viloyati — 2,1 mlrd;
— Xorazm viloyati — 785,5 mln.