2022-yilning eng chiroyli avtomobillari

O'tgan yilda ko'plab avtokompaniyalar ajoyib modellarini taqdim etdi. Ular orasida nafaqat dizayni bilan, balki o'z qulayliklari bilan ham barchani hayratda qoldirgan, 2022-yilda jahon avtomobil sanoatiga yuqori daromad keltirgan "2022-yilning eng chiroyli avtomobillari" e’lon qilindi.
Ro’yxatda birinchilikni “Aston Martin DBR 22” avtomobili olgan. U 2022-yil 15-avgust kuni Kaliforniyada namoyish qilingan. Avtomobil "poygachi", V12 dvigatelli va ikki oʻrindiqli.
“Bentley Mulliner Batur” ta’kidlanishicha, kompaniya bu avtomobilni 2022-yil avgust oyida taqdim etgan. Bu brend tarixidagi eng yirik seriyali avtomobil hisoblanadi. “Mulliner Batur” 18 dona ishlab chiqarilgan.
“Bugatti W16 Mistral” 2022-yil avgust oyida taqdim etilgan. Qayd etilishicha, har biri 5 million yevrodan 99 nusxada ishlab chiqarilgan.
“Ferrari Purosangue”, ta’kidlash joizki, Ferrari 75 yil davomida ilk bor Maranello besh eshikli seriyali avtomobil ishlab chiqardi.
“Ferrari SP51” shuningdek, Ferrari o'ziga xos SP51 avtomobilini taqdim etgan. Superkar 812 GTS modeli asosida qurilgan va maxsus ishlab chiqilgan Rosso Passionale qizil rang sxemasida bo'yalgan. Mashinada 1955-yildagi Ferrari 410 S va 1960-yillar boshidagi poyga prototiplariga havolalarni ko’rish mumkin. Qayd etilishicha, avtomobil Tailanddan kollektor uchun bitta nusxada chiqarilgan.
Bundan tashqari 2022-yilgi eng chiroyli avtomobillar ro’yxatida “Ford Mustang”, “Hennessey Venom F5 Spyder”, “Koenigsegg CC850”, “Lotus Eletre”, “Maserati MC20 Cielo”, “Mercedes-AMG ONE”, “Pagani Utopia” va “Wiesmann Project Thunderball” qayd etilgan.






