2022-yilning eng xavfsiz avtomobillari

Euro NCAP tashkiloti o‘tkazilgan krash-testlar soni bo‘yicha 2022-yil natijalarini sarhisob qilib, eng xavfsiz avtomobillarning yakuniy reytingini e’lon qildi.

Ro‘yxatdan Hyundai elektromobili, ikkita Tesla modeli hamda Yevropa bozoriga yaqinda kirgan ikkita Xitoy avtomobili – ORA Funky Cat xetchbeki va WEY Coffee 01 krossoveri o’rin olgan.

Qayd etilishicha, 2022-yil Euro NCAP krash-testlari soni bo'yicha rekord yil bo'lgan. Yevropadagi eng xavfsiz avtomobillar yakuniy reytingda ilk bor Xitoydan ikkita Tesla va ikkita avtomobil ko’rsatilgan.

Qayd etish joizki, turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar yo‘lovchilar, bolalar, piyodalar himoyasi, elektron yordamchilar ishi uchun to‘plangan ballar soniga qarab tanlangan.