2022/23-o‘quv yili uchun 190 mingdan ziyod abiturient talabalikka tavsiya etildi

2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijalariga ko‘ra 190 375 nafar abiturient talabalikka tavsiya etildi. Ulardan 39 962 nafari davlat granti, 150 413 nafari to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan.

Talabalikka tavsiya etilgan abiturientlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti:

Kunduzgi ta’lim shakli — 118 352 nafar;
Sirtqi ta’lim shakli — 45 407 nafar;
Kechki ta’lim shakli — 9 139 nafar;
Masofaviy ta’lim shakli — 3 416 nafar.
Tanlov natijalariga ko‘ra:

davlat granti asosida o‘rtacha ball — 121,2 ballni;
to‘lov-kontrakt asosida o‘rtacha ball — 95,9 ballni tashkil etdi.