2023-yil kosmosda issiqxona tashkil etiladi

Redwire korporatsiyasi Yerdan tashqari bog‘dorchilik bo‘yicha tadqiqotlarni jadallashtirish uchun kelasi yilning bahorida koinotda o‘zining birinchi tijoriy issiqxonasini ishga tushiradi. Yangi loyiha insoniyatning kosmosda ekin yetishtirish imkoniyatlarini kengaytirishi kutilmoqda.
Redwire issiqxonasining loyiha menejeri Deyv Ridning so‘zlariga ko‘ra, kosmik infratuzilma kompaniya loyihasi NASAning missiyalari uchun Artemis va boshqa loyihalarga muhim ma’lumotlarni taqdim etadi. Artemis dasturi kosmonavtlarni Oyga jo‘natish va uzoq muddatli Oy koloniyasini tashkil etishni maqsad qilgan.
Redwire kompaniyasining birinchi mijozi tijorat qishloq xo‘jaligi texnologiyasi bo‘yicha Dewey Scientific kompaniyasi bo‘lishi aytildi. Yangi loyiha insoniyatning kosmosda ekin yetishtirish imkoniyatlarini kengaytirishi kutilmoqda.
P.S. Kosmosdagi issiqxona to‘liq avtomatlashtirilgan tizimda ish olib boradi.






