2023-yilda eksport hajmi 1 milliard dollarga yetkazilishi rejalashtirilmoqda

Eksportni oshirish uchun bojxona hududida qayta ishlash tizimini maishiy texnika misolida yoʼlga qoʼyish topshirildi.

“Misol uchun, birgina qoʼshni davlatlar yiliga oʼzimizda ishlab chiqarish mumkin boʼlgan 6 milliard dollarlik elektrotexnika mahsulotlarini import qiladi.

Lekin, ushbu davlatlar importida Oʼzbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar ulushi 5 foizga ham yetmaydi”, dedi Prezidentimiz.

Shuningdek, tayyor mahsulot eksportini kengaytirish uchun Elektrotexnika jamgʼarmasiga 20 milliard soʼm ajratiladi.

Ichki bozorga sifatsiz va noqonuniy elektrotexnika mahsulotlari kirib kelishining oldini olish maqsadida:

eski transformatorlarni importiga chek qoʼyish;

maishiy texnikalar markirovkasi tizimini joriy etishni qatʼiy nazoratga olish vazifasi qoʼyildi.