2023-yilda qo'shimcha dam olish kunlari belgilandi

"2023-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo'shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko'chirish to'g'risida"gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko'ra, 2023-yilda quyidagi qo'shimcha dam olish kunlari belgilandi:

barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat'i nazar):

2-yanvar – dushanba;
30-iyun – juma.

6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun:

3-yanvar – seshanba;
20-mart – dushanba;
22-mart – chorshanba;
24-aprel – dushanba;
1-iyul – shanba;
2-sentabr – shanba;
30-dekabr – shanba.

5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun dam olish kunlari quyidagi tartibda ko'chiriladi:

7-yanvar – shanbadan 3-yanvar – seshanbaga;
11-mart – shanbadan 20-mart – dushanbaga;
25-mart – shanbadan 22-mart – chorshanbaga;
29-aprel – shanbadan 24-aprel – dushanbaga.