2023-yildan maktab ta’limini butunlay isloh qilish boshlanadi

Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasida ma'lum qilishicha, kelasi yili 70 ta yangi maktab quriladi, 460 tasi kengaytiriladi. Xususiy investitsiyalar ishtirokida 100 ta maktab qurish loyihalari boshlanadi, kelasi besh yilda ularning soni 1 mingtaga yetkaziladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda yo‘lga qo‘yilgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun bepul ovqatlanish amaliyoti kelasi o‘quv yilidan ushbu qolgan viloyatlar va Toshkent shahri maktablarida ham joriy etilishi ta’kidlandi.