2023- yil uchun soliq va budjet siyosatining asosiy yo'nalishlari belgilandi

Oʼzbekiston Respublikasining “Soliq va budjet siyosatining 2023-yilga moʼljallangan asosiy yoʼnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʼzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisida”gi Qonuniga Palata tomonidan kiritilgan takliflar qoʼshildi.

Ushbu Qonun loyihasi Savdo-sanoat palatasida 2022-yil 26-noyabrda tadbirkorlik subyektlari ishtirokida Ekspertlar kengashi yigʼilishida keng muhokama qililgan. Muhokamada tadbirkorlar va Palata tomonidan 25 ta takliflar bildirilgan boʼlib, ularning aksariyati qoʼllab-quvvatlangan.

Palata tomonidan ilgari surilgan takliflarning 15 tadan ortigʼi Qonun qabul qilinishida toʼliq inobatga olingan va Qonun loyihasi yanada mukammallashgan.