2025-yilga qadar Yer orbitasida mehmonxona quriladi

 
“Gizmodo” xabarlariga ko’ra, Amerikaning “Orbital Assembly” kompaniyasi 2025-yilgacha Yer orbitasida ilmiy tadqiqotlar uchun kosmik stansiya va sayyohlar uchun mehmonxona qurish rejalari haqida ma’lum qildi.
 
Loyihaga ko‘ra, u yerda 28 nafar kosmik sayyoh qolishi mumkin. Ular halqa atrofida joylashgan diametri 61 metr bo‘lgan besh modulda istiqomat qiladi.
 
Pioneer stansiyasi orbitada qurilishi rejalashtirilgan ikkita tijorat stansiyalaridan birinchisi bo‘ladi. Ikkinchisi esa 400 nafar kosmik sayyohni qabul qila oladi.
 
“Bizning stansiyamiz xavfsiz va ishonchli modulli dizayn bo‘lib, u NASA bilan shartnoma tuzgan raqobatchilarimizning stansiyalariga qaraganda ertaroq daromad keltira boshlaydi”, dedi kompaniyaning ijrochi direktori.
 
Eslatib o‘tamiz, amerikalik olimlar hozirda Yer atrofida aylanadigan kosmik ko‘ngilochar stansiya loyihasini ishlab chiqishmoqda.