2030 yilga borib aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadni 4 ming dollardan oshirish - Shavkat Mirziyoyev

9-sentyabr kuni O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining s’ezdi bo'lib o'tdi va unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev so'nggi yillarda qilingan ishlar va kelgusi rejalarni bayon etdilar.
Xalqaro kongress markazida bo'lib o'tgan yig'ilishda Shavkat Mirziyoyev o‘z saylovoldi dasturi – Yangi O‘zbekiston strategiyasining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha ma’ruza qilib o'tdilar.
O'tgan 5 yildagi natijalar haqida:
- 2017-2021 yillarda mamlakatni rivojlantirish strategiyasi doirasida 4000 dan ziyod farmon va qarorlar qabul qilindi.
- So‘nggi besh yilda mamlakatimiz iqtisodiyoti 24 foizga, sanoat – 34 foizga, eksport hajmi 1,5 barobarga, xorijiy investitsiyalar hajmi esa 3 barobarga va o‘rtacha oylik ish haqi 2,2 marta ko‘paydi.
Kelgusi maqsadlar:
- aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotni 1,6 barobar oshirish
- 2030 yilga borib aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadni 4 ming dollardan oshirish
- iqtisodiyotda ilm va innovatsiyalarga asoslangan rivojlanish hisobidan mehnat samaradorligida tubdan o‘zgartirish
- sanoat mahsulotlari hajmi 1,4 barobar, mehnat unumdorligi esa kamida 2 marta oshiriladi;
- mis va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi 2 martaga oshadi va 8 milliard dollarlik mahsulot ishlab chiqariladi
- tabiiy gazni qayta ishlash darajasini 8 foizdan 20 foizga oshirish
- raqamli iqtisodiyotning hajmi kamida 2,5 barobarga oshirilib, 4 milliard dollarga yetkazish
- magistral avtomobil yo‘llari 100 foiz mobil aloqa va internet bilan qamrab olinadi
- xalqaro magistral internet tezligi – 5 barobarga, tumanlararo tarmoqlar tezligi – 8 barobarga oshiriladi.






