2050-yilga kelib 5 milliarddan ortiq aholi suv tanqisligi bilan to’qnashadi

Butunjahon meteorologiya tashkiloti (WMO) “Global suv resurslarining holati” hisobotida qayd etilishicha, 2050-yilga kelib Yerning besh milliarddan ortiq aholisi turli darajadagi suv tanqisligiga duch keladi.
Iqlim, ekologik va ijtimoiy oʻzgarishlarning Yer suv resurslariga taʼsiri tahlili natijalariga koʻra WMO ushbu mavzu boʻyicha oʻzining birinchi hisobotini eʼlon qildi. Hujjat chuchuk suv zahiralarining global hajmi haqida tasavvur beradi, shuningdek, yer kriosferasining (qor va muz) zaif holatini ko'rsatadi.
Shuningdek, faktlarga asoslangan holda ma’lum qilinishicha, 2021-yilda dunyoning katta qismi odatdagidan quruqroq ob-havo sharoitini boshdan kechirdi.
"So'nggi yillarda iqlim o'zgarishining oqibatlari suv resurslari orqali tobora ko'proq sezilmoqda: biz ko'proq kuchli va tez-tez qurg'oqchilik, ekstremal toshqinlar, notekis mavsumiy yog'ingarchilik va muzliklarning tez erishini ko'rmoqdamiz", - deya ta’kidlagan Petteri Taalas.
Ayni vaqtda 3,6 milliard odam yilning kamida bir oyi suvdan yetarli darajada foydalana olmaslik muammosiga duch kelmoqda. Bu ko‘rsatkich 2050-yilga borib besh milliarddan oshishi pragnoz qilingan.
Bundan tashqari, xabarlarga ko’ra, 2001-yildan 2018-yilgacha Yer yuzidagi barcha tabiiy ofatlarning 74 foizi suv bilan bog'liq. Yaqinda bo‘lib o‘tgan BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha 27-konferensiyasida suv birinchi marta forumning yakuniy hujjatida muhim ko‘rsatkich va resurs sifatida tilga olingan.






