25-iyundan Volgogradga poyezd qatnovi yo’lga qo’yiladi

25-iyundan boshlab Toshkent-Volgograd-Toshkent yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdi qatnovi yo’lga qo’yiladi, deya xabar berdi “Oʻzbekiston temir yoʻllari”.
Toshkent-Volgograd-Toshkent yo‘nalishidagi 324/323-sonli poyezd Toshkent-Markaziy vokzaldan shanba kuni soat 23:58 da jo‘nab, Volgograd vokzaliga seshanba kuni soat 09:56 da yetib borishi rejalashtirilgan.
Volgograddan jo’nash esa, seshanba kunlari soat 19:59 da, Toshkent markaziy vokzaliga yetib kelish juma kuni soat 06:54 da amalga oshiriladi.
Poyezd 11 ta vagondan iborat bo‘lib, 3 ta kupe, 7 ta zaxira o‘rindiqdan iborat bo’ladi. Temir yoʻl orqali shaharlar orasidagi masofa 2996 kmni tashkil etib, poyezd 60 soat davomida harakatlanadi.
P.S. O'rindiq uchun bron qilingan chipta narxi 1368290 so'm, kupe 2142270 so'm.






