250 ta mebelchilik loyihasini ishga tushirib, 10 mingta yangi ish oʼrni yaratish vazifasi belgilandi

Davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, mebelsozlikda kelgusi yilda mahsulot hajmini 5 trillion soʼmga, eksportni 50 million dollarga yetkazish zarur.
Buxoro, Namangan, Samarqand, Аndijon, Fargʼona va Xorazmda 100 ga yaqin mahalla mebel ishlab chiqarishga ixtisoslashgani, ularni kengaytirish zarurligi qayd etildi.
Ushbu viloyatlar hokimlariga bir oy muddatda mahallalar atrofida mebel sanoat markazlarini tashkil qilishga koʼrsatma berildi. Shuningdek:
kelgusi yilda 250 ta mebelchilik loyihasini ishga tushirib, 10 mingta yangi ish oʼrni yaratish;
15 ta mebelsozlik sanoat zonalari infratuzilmasiga 55 milliard soʼm ajratish;
mebelsozlikka berilgan bojxona imtiyozlari muddatini 2024-yil 1-yanvarga qadar uzaytirish boʼyicha qaror loyihasini kiritish topshirildi.






