3 mamlakat 2030-yilgi futbol bo‘yicha JCHni o‘tkazishga da'vogarlik qilmoqda

Saudiya Arabistoni turizm vaziri Ahmad al-Xatibning ta’kidlashicha, "Ar-Riyod 2030-yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatini o‘tkazish uchun ariza topshirish masalasini o‘rganyapti. Ariza Gretsiya va Misr bilan hamkorlikda topshiriladi".

Ma’lum qilinishicha, Saudiyalik amaldor mamlakat infratuzilma va sport obyektlari uchun katta mablag‘ kiritishga tayyor ekanini bildirgan. Barcha stadionlar va fan-zonalar mundial o‘tkazilishiga qadar tayyor va dunyoda eng yaxshisi bo‘ladi, taʼkidladi Al-Xatib.

Qayd etilishicha, mezbonlikni qo‘lga kiritish oson emas chunki, 2030-yilgi jahon chempionatini o‘tkazishga daʼvogarlar ko‘p. Jumladan, Marokash (Afrika), Argentina, Urugvay, Chili va Paragvay (birgalikda, Janubiy Amerika), Ispaniya, Portugaliya va Ukraina (birgalikda, Yevropa), Bolgariya, Ruminiya, Gretsiya va Serbiya (birgalikda, Yevropa).

Yuqoridagilardan farqi, agarda Saudiya Arabistoni, Gretsiya va Misr birgalikda mundial mezbonligini qo‘lga kiritsa, bu bir paytning o‘zida uch qitʼa: Osiyo, Yevropa va Afrikada o‘tkazilgan ilk jahon chempionati bo‘ladi.