3 oyda 114 trln. soʼmlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan

Davlat statistika qoʼmitasining dastlabki maʼlumotlariga koʼra, 2022-yilning yanvar-mart oylarida Oʼzbekiston Respublikasida 114 trln. soʼmlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
Oʼtgan yilning mos davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi 105,7 % ga teng.
2022-yilning yanvar-mart oylarida ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi:
Аvtomobil benzini – 289 ming tonna
Koʼmir – 1 151 ming tonna
Neft – 183 ming tonna
Gaz kondentsati – 351 ming tonna
Yengil avtomobil – 68 905 dona
Аvtobus – 129 dona
Yuk avtomobillari – 870 dona
Аvtomobil dvigatellari – 52 ming dona






