3 yilda saratondan oltin medalgacha

Kanadalik Maks Parrot saraton kasalligiga chalinganidan atigi uch yil o'tib snovbord bo'yicha Olimpiya o'yinlarida oltin medalni qo'lga kiritdi.
Sportchiga 2018-yil oxirida Xodgkin limfomasi tashxisi qo‘yilgan. 12 kurs kimyoterapiyadan o‘tgach, 2019-yil iyulida u saraton kasalligini yengib o’tganligini e’lon qilgan.
"So'nggi to'rt yil ichida juda ko'p hodisalar sodir bo’ldi. Oxirgi marta Pxyonchxandagi Olimpiadada kumush medalni qo‘lga kiritdim, keyin esa saraton kasalligini boshdan kechirishimga to‘g‘ri keldi. Bu dahshatli tush edi. Boshimdan kechirgan narsalarni tasvirlash juda qiyin. Yana Olimpiya o’yinlariga qaytib oltin medal sovrindori bo’lish naqadar ajoyib his”, deydi Parrot BBC Sportga bergan intervyusida.






