31-dekabrda avtobuslar harakati 24:00 gacha uzluksiz ravishda tashkil etiladi

“Toshshahartransxizmat” xabarida qayd etilishicha, 31-dekabr Yangi yil kuni munosabati bilan Toshkent shahrining markaziy qismlari orqali harakatlanuvchi barcha avtobus yoʼnalishlarining harakati soat 24:00 gacha uzluksiz ravishda tashkil etiladi.
Shuningdek, 2023-yilning ilk kunlarida Toshkent shahrida jamoat transporti faoliyati quyidagi tartibda tashkil etilishi rejalashtirilgan:
2023-yil 2-yanvar, dushanba — dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadval asosida;
2023-yil 3-yanvar, seshanba — 7-yanvar shanba kunidan kochirilgan qoʼshimcha dam olish kuni. Shanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
2023-yil 7-yanvar, shanba — 3-yanvar seshanba kuniga koʼchirilgan ish kuni. Ish kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida.






