31-dekabrda Toshkent metropolitenining ish vaqti uzaytiriladi

Metropoliten matbuot xizmati xabariga ko’ra, 2022-yil 31-dekabr shanba dam olish kuni metropoliten doimiy jadval asosida ish faoliyatini olib boradi. Ish vaqtining tugashi esa 1 soatga uzaytiriladi, ya’ni barcha metro bekatlari 31-dekabr soat 05:00 dan 1-yanvar soat 01:00 gacha yo’lovchilarga harakatlanadi.
Shuningdek, 2023-yil 1−2−3-yanvar kunlari metro poyezdlari yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida soat 05:00 dan 00:00 gacha harakatlanadi.






