31 ta OTMda darslarning boshlanish vaqti oʻzgaradi

Poytaxt metropolitenida yoʻlovchi oqimini toʻgʻri taqsimlash, talabalarning oʻz vaqtida dars mashgʻulotlariga yetib borishlari uchun qulaylik yaratish maqsadida bekatlarga yaqin joylashgan oliy taʼlim muassasalarining maqbullashtirilgan ish grafigi tasdiqlandi. Unga koʻra, 2023-yil 9-yanvardan 31 ta OTM talabalari oʻzgargan grafik asosida darslarga qatnashadi.

P.S. Qishki taʼtil tugab, dars jarayonlarining boshlanish sanasi 9-yanvar, dushanba kuniga toʻgʻri keladi. 5-yanvardan esa talabalar turar joyi oʻz ishini boshlaydi.