33 ta yosh tadbirkorga jami 16 mlrd. soʼmlik va $236,8 ming qiymatidagi kredit resurslari ajratildi
АOKАda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Maxsus iqtisodiy zonalarni rivojlantirish boshqarmasi boshligʼi oʼrinbosari Botirov Mehroj ishtirokida gan brifing oʼtkazildi.
Unda, hududlarda 188 ta «Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari» tashkil etilgani ta'kidlandi. Ushbu zonalarda qiymati 2,7 trln. soʼmlik 1787 ta loyiha amalga oshirilmoqda va buning natijasida 37 614 ta ish oʼrni yaratilishi rejalashtirilgan.
Bugungi kunga kelib, «Yosh tadbirkorlarni qoʼllab-quvvatlash jamgʼarmasi» tomonidan 33 ta yosh tadbirkorga jami 16 mlrd. soʼmlik va $236,8 ming qiymatidagi kredit resurslari ajratildi.