34 ilmiy faoliyat rahbarlari sertifikatlar bilan taqdirlandilar

9-iyul kuni Ilmiy faoliyat davlat dasturlarining 34 ta loyiha rahbarlari sertifikatlar bilan taqdirlandilar, xabar qilmoqda Innovatsion rivojlanish vaziri.
Mazkur loyihalar yakuniy natijalari qishloq xo‘jaligi sohasida agrotexnologiyalar, yangi navlar yaratish, tibbiyot sohasida davolash texnologiyalarini ishlab chiqish, yer to‘g‘risidagi fanlar yo‘nalishida tog‘-kon, geologiya sanoatini rivojlantirishga qaratilgan.
Ta'kidlash joizki, Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkazib kelinayotgan fundamental, amaliy hamda innovatsion loyihalar tanlovlari doirasida 2021 yilning birinchi yarim umumiy qiymati 72,7 mlrd so‘m bo‘lgan 106 ta ilmiy loyihalar moliyalashtirildi.






