4-oktyabr kuni AQSh davlat kotibi o‘rinbosari Vendi Sherman Toshkentga tashrif buyuradi

30-sentyabr kuni Vendi Sherman AQSh va Rossiya o'rtasidagi strategik barqarorlik bo'yicha ikki tomonlama muloqot doirasida Shveysariyaga tashrif buyuradi.
AQSh delegatsiyasi tarkibiga AQSh davlat kotibining qurol nazorati va xalqaro xavfsizlik bo‘yicha o‘rinbosari Bonni Jenkins ham kiradi.
So‘ngra, Sherman 4-oktyabr kuni Toshkentga keladi. Davlat kotibi o‘rinbosari bu yerda yuqori martabali amaldorlar va fuqarolik jamiyati vakillari bilan uchrash o‘tkazadi.
Bundan tashqari, Sherman Hindiston va Pokistonga borishni rejalashtirgan.






