4 oyda 734 ta elektromobil import qilindi

Davlat statistika qoʼmitasi maʼlumotlariga koʼra, 2022-yilning yanvar-aprel oylarida Oʼzbekiston 10 ta xorijiy davlatdan qiymati 21,8 mln. АQSh dollariga teng boʼlgan 734 ta elektromobil import qilgan.

Elektromobil importi 2021-yilning mos davriga nisbatan 594 taga yoki 5,2 barobarga oshgan.

2022-yilning dastlabki 4 oyida Oʼzbekiston asosan qaysi davlatlardan elektromobillarni import qilgan?

Xitoy – 654 ta
BАА – 40 ta
Germaniya – 17 ta
Gonkong – 10 ta
Litva – 6 ta
Estoniya – 2 ta
Koreya – 2 ta