4 yil davomida o‘tkazilgan haftalik doirasida 500 million dollardan ortiq sarmoyaviy shartnomalar tuzilgan

"InnoWeek.uz-2022" ko'rgazmasining ochilish marosimida Bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev so'zga chiqdi.
"- Bugungi kunda ekologik tahdidlar ko‘p uchrar ekan, bizning vazifamiz tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va iqlim o‘zgarishiga har tomonlama javob berishdir. Ishonamanki, yashil innovatsiyalar, shubhasiz, biz duch kelayotgan muammolarni hal qilishda yordam beradi. O‘zbekiston esa shunday amaliyotlarni joriy etishda yetakchilardan hisoblanadi. Va bu yo‘nalishda natijalarni yaxshilash bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqdamiz.
Prezidentimiz ta’kidlaganidek, innovatsiyalar – kelajak demakdir. Biz buyuk kelajakni innovatsion g‘oyalar asosida qurishimiz kerak. Innovatsion rivojlanish va raqamli iqtisodiyotga o‘tishimiz muqarrar. O‘zbekistonning innovatsion rivojlanishi va raqamli iqtisodiyotga o‘tish to‘g‘risidagi hujjat qabul qilindi.
Bugun Innovatsiyalar haftaligi doirasida yuqori texnologiyalar, ilmiy salohiyat va innovatsion g‘oyalarni joriy etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar natijalarini namoyish etuvchi innovatsion loyihalar taqdimoti o‘tkaziladi. 4 yil davomida o‘tkazilgan haftalik doirasida 50 mingdan ortiq ishtirokchi, 723 tashkilot, dunyoning 108 davlatidan 316 nafar mehmon ishtirok etdi. Xorijlik hamkasblar bilan olib borilgan muzokaralar natijasida 500 million dollardan ortiq sarmoyaviy shartnomalar tuzildi." - deya ta'kidlab o'tdi Jamshid Xodjayev






