4 yil mobaynida Markaziy Osiyo mamlakatlari o'rtasidagi savdo aylanmasi 2,5 baravar oshdi

Xalqaro konferensiya doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Suma Chakrabarti moderatorligi ostida “Markaziy va Janubiy Osiyoda barqaror o‘sishga xizmat qiluvchi savdo va transport aloqasi” mavzusida panel muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Ma’lum qilinishicha, o‘tgan to‘rt yil mobaynida O‘zbekiston va uning Markaziy Osiyo savdo hamkorlari o‘rtasidagi savdo aylanmasi 2,5 barobar, Janubiy Osiyo davlatlari bilan esa – 2 barobar oshgan.
O'rta Osiyo mamlakatlari o'rtasidagi savdo aylanmasi hajmini oshirish uchun O‘zbekiston tomoni normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, amaldagi tarif va notarif to‘siqlarni bartaraf etish va logistika operatsiyalarida vaqt va moddiy xarajatlarni kamaytirishni taklif qildi.
O‘zbekiston ushbu yo‘nalishlarda muvaffaqiyatli harakat qilayotgani ta’kidlandi: Pokiston Islom Respublikasi bilan Tranzit savdosi bo‘yicha bitim imzolandi, Pokiston, Afg‘oniston va Hindiston bilan imtiyozli savdo bitimlarini kelishish bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda






