4 - Yosh liderlar forumi o’tkaziladi

Joriy yilning 3 va 4-iyun kunlari Buxoro shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti ishtirokida 4 – Yosh liderlar forumi bo'lib o'tadi.

Mazkur forumda Turkiy davlatlar tashkiloti hamda mamlakatimizning qator yuqori martabali vakillarining ishtirok etishi va Buxoroning birinchi turkiy dunyo yoshlar poytaxti deb rasman e'lon qilinishi kutilmoqda.

Shuningdek, forum doirasida Turk dunyosida 2022-yil “Yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yili” deb rasman e’lon qilinishi ko’zda tutilgan.