48 nafar xorijiy OAV vakili akkreditatsiyadan o‘tdi – MSK

2021-yil 23-sentyabr kuni MSKning navbatdagi yigʼilishi boʼlib oʼtdi. Majlisni Komissiya Raisi Z.Nizamxodjayev olib bordi.

Majlis kun tartibidan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga doir saylov byulletenining shaklini va matnini tasdiqlash, Oʼzbekiston Prezidenti saylovida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilarni akkreditatsiya qilish hamda Ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan oʼtkazish masalalari joy oldi.

Shuningdek, ushbu masalarda qonunchilikda belgilangan tartib qoidalarni ta’minlash muhokama qilindi.

Yig‘ilishda shu kunga qadar 6 nafar xorijiy mamlakatlardan va DIIHB YeXHTdan 40 nafar xalqaro kuzatuvchi roʼyxatdan oʼtkazilgani qayd etildi.

Akkreditatsiyadan o‘tgan OAV vakillari soni ham ma’lum qilindi. Unga ko‘ra, jami 1129 nafar (shundan 48 nafari xorijiy) OAV vakillari vakillari akkreditatsiyadan o‘tdi.