5 yilda xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni qanchaga koʼpaygan?

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʼra, 2023-yil 1-yanvar holatiga koʼra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat koʼrsatayotgan korxonalar soni 15 801 tani tashkil etgan. Qayd eilishicha, bu koʼrsatkich 2019-yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,1 barobarga oshgan.

Yillar kesimida xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni (1-yanvar holatiga):

2019-yil – 7 560 ta;
2020-yil – 10 382 ta;
2021-yil – 11 781 ta;
2022-yil – 13 289 ta;
2023-yil – 15 801 ta.