5 yillik Harakatlar Strategiyasi davri O‘zbekistonda nimalar o‘zgardi – islohotlarining natijalari e’lon qilindi

2021-yil 5-oktyabr kuni, Toshkentda «Oʼzbekiston: besh yil ichidagi jadal islohotlar» xalqaro anjuman boʼlib oʼtdi.
Unda hukumat aʼzolari, vazirliklar va idoralarning rahbarlari amalga oshirilgan islohotlar natijalari bilan so‘zga chiqishdi. Tadbirda onlayn tarzda xalqaro ekspertlar ham ishtirok etishdi.
2017-2021 yillar uchun Harakatlar strategiyasining har bir yoʼnalishi boʼyicha islohotlarning eng muhim yutuqlari:
«Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish» yoʼnalishi
- 5 yil ichida 110 ta samarasiz organlar bartaraf etilgan, 6 ta yangi vazirlik va idoralar tuzilgan;
- Oliy Majlis palatalari muntazam ravishda sogʼliq saqlash, tashqi ishlar, ichki ishlar, adliya vazirlari va hukumatning boshqa aʼzolarining hisobotlarini tinglashadi;
- 2017-yildan 2020-yilgacha Xalq qabulxonalari va Prezidentning virtual qabulxonalariga 10,1 mln. murojaatlar tushgan;
«Qonun ustuvorligini taʼminlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish» yoʼnalishi
- 2017-2020-yillarda sud hokimiyati mustaqilligining kuchayishi yuz bergan.
- 2018-yilda davlat organlarining noqonuniy harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish uchun maʼmuriy sudlar tuzilgan. Ular 2019-2020-yillarda 31,3 ming arizani koʼrib chiqib, ulardan deyarli 70% (21,2 ming) arizani qondirgan, shu jumladan hokimlarning 2,6 mingta qarori noqonuniy deb eʼtirof etilgan.
- «Propiska» tizimi qayta koʼrib chiqildi;
«Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish» yoʼnalishi
- 2017-2020 yillarda respublikaning tashqi savdo aylanmasi 1,4 barobarga oʼsdi, inflyatsiya darajasi 18,8% dan 11,1% gacha pasaydi, oltin-valyuta rezervlari $26,4 mlrd dan $34,9 mlrd gacha oshdi;
- koʼpchilik soliq stavkalari kamaydi. Shuningdek, davlat fondlariga ajratmalar va sugʼurta badallari bekor qilindi, soliq tekshiruvlarining turlari esa 13 dan 4 gacha kamaydi.
- 2017-yilda bankomatlarda pul olish imkoni paydo boʼldi. 2020-yilda plastik kartalarning egalari bankomatlar orqali 62,2 trln. soʼm yechib olganlar.
- Islohotlar natijasida kichik biznes sektori sezilarli darajada oʼsdi: 2016 yilda respublikada 27 ming, 2020 yilda esa – 93 ming kichik tadbirkorlik subʼektlari roʼyxatdan oʼtkazildi.
«Ijtimoiy sohani rivojlantirish» yoʼnalishi
- Oʼrtacha oylik ish haqi 2016 yilda 1,3 mln. soʼmdan 2020 yilda 2,6 mln. soʼmgacha oshdi. Shu davr ichida aholi jon boshiga jami daromad esa 5,8 mln. soʼmdan 11,7 mln. soʼmgacha oʼsdi.
- Xalq taʼlimi tizimida islohotlar natijasida 2017-2020 yillarda 328 ta yangi maktablar barpo etildi va 11-yillik majburiy maktab taʼlimi tiklandi.
- 2019 yildan boshlab ishlayotgan nafaqaxoʼrlarga pensiyalar 100% miqdorida toʼlana boshladi.
- «Temir daftar», «Аyollar daftari» va «Yoshlar daftari» roʼyxatlariga kiritilgan fuqarolar kasbiy taʼlim, ishga joylashtirish va moliyaviy yordam shaklidagi davlat koʼmagini oladi.
«Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bagʼrikenglikni taʼminlash, chuqur oʼylangan, oʼzaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish» yoʼnalishi
- Oʼzbekiston diniy masalalar boʼyicha «alohida xavotir uygʼotuvchi» davlatlar roʼyxatidan chiqarib tashlandi, chegaralar hamda suv-energetik resurslardan foydalanishga oid masalalar tartibga solindi;
- Hozir Oʼzbekistonda 86 ta davlat fuqarolari uchun vizasiz rejim amal qiladi (2016-yilda u 9 ta davlat uchun amal qilar edi), respublikamiz xalqaro reytinglarda bir nechta pozitsiyaga yuqoriroq koʼtarildi;
- Mudofaa salohiyati mustahkamlandi: kontrakt asosidagi harbiy xizmatchilarning ulushi 68% gacha oʼsdi (2016 yilda 37%), qoʼshinlarning zamonaviy qurol-yarogʼ bilan jihozlanishi darajasi 5 barobarga oshdi.






