50 mln dollarlik kapitalga ega investitsiya jamg'armasi tashkil etiladi

O'zbekiston va Qirg'iziston ustav kapitali 50 million dollar bo'lgan investitsiya jamg'armasini tashkil etadi, deya xabar beradi O'zbekiston bosh vaziri o'rinbosari, Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov. Bayonotga ko'ra, ushbu jamg'arma mablag'larini sanoat kooperatsiyasi sohasidagi qo'shma loyihalarni qo'llab-quvvatlashga sarflash rejalashtirilgan.

11 mart kuni Qirg'iziston Prezidenti Sadir Japarovning O'zbekistonga tashrifi doirasida bo'lib o'tgan o'zbek-qirg'iz biznes forumida S. Umurzoqov so'nggi bir necha yil ichida erishilgan muhim kelishuvlar ikki mamlakat o'rtasidagi hamkorlikni har tomonlama rivojlantirishga imkon berganligini ta'kidlab o'tdi. Investitsiya jamg'armasi qo'shma loyihalarni yanada ko'paytirishi, iqtisodiy hamkorlik bo'yicha mamlakatlar sherikligini mustahkamlashi ham ta'kidlab o'tildi.