500 ming gektar yaylovlarda yoshlar bandligini taʼminlash dasturini qabul qilish vazifasi belgilandi

Qishloq xoʼjaligida mahsulot yetishtirishni 2 baravarga oshirib, 100 ming nafar aholini band qilish zarurligi taʼkidlandi.
Nomzod oʼz taqdimotida bu boradagi rejalarini koʼrsatdi.
Davlatimiz rahbari mutasaddilarga:
kelgusi yilda Xatirchi, Karmana, Navbahor, Qiziltepa va Nurotadagi 72 ta mahalla atrofidagi 5 ming gektarda suv taʼminotini yaxshilab, uzumzor va mevali bogʼlar barpo etishga 4 million dollar yoʼnaltirish;
kelgusi yilda Konimex, Tomdi va Uchquduq yaylovlarida quduq qazishga 10 milliard soʼm subsidiya ajratish;
1,5 ming gektarda yaylov oʼsimliklari urugʼchiligi xoʼjaligi hamda 5 ming gektarda kavrak plantatsiyalarini barpo etish;
dala va yoʼl chetlarida 6 million dona tut koʼchatini ekish va ipakchilikda 58 ming aholi bandligini taʼminlash;
kelgusi yilda qorakoʼlchilik va qoʼychilik loyihalariga 20 million dollar ajratish;
kelgusi yilda 10 million dollar investitsiya hisobidan Karmana va Xatirchida agrologistika markazlarini ishga tushirish;
500 ming gektar yaylovlarda yoshlar bandligini taʼminlash dasturini qabul qilish;
dastur doirasida loyihalarga 15 million dollar hamda quduq qazishga qoʼshimcha 20 milliard soʼm subsidiya ajratishga topshiriq berdi.






